Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#qonun ijrosi #komissiya faoliyati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Ekologiya, agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Faxriddin Matasimov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan biriktirilgan tashkilot “Toshkent suv ta’minoti” AJ Olmaliq shahar filiali faoliyati va moddiy-texnik bazasi atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-784-son “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish va oqova suv tizimlarining uzluksiz ishlash darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish doirasida amalga oshirilgan asosiy ishlar:
🔹Qonun talablaridan kelib chiqqan holda tuzilgan savolnoma yordamida filialning amaldagi faoliyati, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va aholi murojaatlari bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.
🔹Korxonaga tegishli maxsus texnikalar, avariya-tiklash brigadalarining shayligi, suv sarfini o‘lchash uskunalarining holati hamda suv tozalash inshootlarining faoliyati bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
🔹Filial rahbari va soha mutassislarining ish samaradorligi, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ba’zi kamchiliklar yuzasidan sohaga mas’ul xodimlarga va filial rahbariga mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda aholini uzluksiz, sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar shahar infratuzilmasini rivojlantirish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7