Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#amaliy seminar #faoliyat_muhokamasi

Olmaliq shahrida deputatlik faoliyatini yanada rivojlantirish, Kengash qarorlari va yuklatilgan topshiriqlar ijrosini tizimli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi amaliy seminar o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov boshchiligida o‘tgan ushbu seminarda shahar Kengashining barcha deputatlari, siyosiy partiya shahar bo‘limlari raislari hamda Kotibiyat mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida shahar Kengashi va deputatlarning hududiy muammolarni hal etishdagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar va ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi:

♻️Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan har bir masala, avvalo, deputatlar tomonidan o‘z okruglarida saylovchilar va jamoatchilik bilan doimiy muhokama qilinishi shart. Anqlangan aniq yutuq va kamchiliklar chuqur tahlil qilinib, tegishli doimiy komissiyalar muhokamasiga olib chiqilishi belgilandi.
♻️Hududlardagi tizimli masalalarni chuqur o‘rganish maqsadida Oliy Majlis Senati tavsiyalari asosida 24 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha deputatlik o‘rganishlarini bosqichma-bosqich va sifatli tashkil etish chorasi ko‘riladi.
♻️Joylarda qonunlar va hududiy dasturlar ijrosini aniq savolnomalar va mezonlar asosida kompleks o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
♻️Kengash Kotibiyatiga har bir sohaga biriktirilgan deputatlarga doimiy va sifatli uslubiy ko'mak ko‘rsatish topshirildi.

Shuningdek, Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan 2026-yil avgust oyida o‘tkazilgan monitoring tahlillari xulosalaridan kelib chiqib, sessiya qarorlari loyihalarining huquqiy va mazmunan mukammalligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga ko‘tarilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini belgilash va aholi farovonligiga xizmat qiladigan amaliy natijalarni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5