Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#murojaat_ijrosi #qabul

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi qabulni o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni bevosita muloqot orqali tinglash va ularga tezkor hamda adolatli yechim topish maqsadida tashkil etildi.

Qabul davomida har bir fuqaro bilan yuzma-yuz suhbatlashilib, ular ko‘targan har bir masala sinchiklab o‘rganildi. Muloqot chog‘ida barcha tafsilotlar yozib borildi va murojaatlar ko‘rib chiqilishida amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.
"Fuqarolarimiz bilan ochiq muloqot o‘rnatish — ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirish va yuzaga kelayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topishning eng samarali yo‘lidir," — dedi Doniyor Karimov.

Olmaliq shahar Kengashi aholining hayotiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, xalq bilan muloqotni izchil davom ettirish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ishlarini faollashtirib bormoqda.

Slide 1 of 3