Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#mahalla #nazorat tadbiri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 3-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda mahallalarda tadbirkorlik va bandlikni ta’minlash borasida qator muhim va dolzarb vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar amaliyotga qay darajada joriy etilayotgani hamda hududdagi mavjud holatni atroflicha o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sayfiddin Subanov tomonidan "Koinot" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi amaliy o‘rganish va muloqotlar tashkil etildi.

🔍 O‘rganishlar davomida asosiy e'tibor nimalarga qaratildi?
🔹 Aholi bandligi va daromadini oshirish: Davlatimiz rahbari ko‘rsatgan ustuvor yo‘nalishlar asosida mahalladagi ishsiz fuqarolar va mehnat resurslarini to‘g‘ri yo‘naltirish, bandlikni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🔹 Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalla drayveri va "Mahalla yettiligi" faoliyatining samaradorligi tahlil qilinib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalarga manzilli ko‘mak berish chora-tadbirlari belgilandi.
🔹 Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Mahallada kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida fuqarolardan tushgan taklif hamda muammolar tinglandi, amaliy yechimlar ko‘rib chiqildi.
🔹 Infratuzilma va aholi murojaatlari: "Koinot" mahallasi hududidagi obodonlashtirish, kommunal sohadagi kamchiliklar hamda fuqarolarning shaxsiy murojaatlari joyida o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi nazoratga olindi.

💬 — Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan har bir tashabbus va berilgan topshiriqlar, eng avvalo, har bir xonadon, har bir oila farovonligiga xizmat qilishi kerak. Biz — deputatlar ushbu vazifalar ijrosini ta'minlashda mas'uliyat bilan yondashib, aholimiz muammolarini bartaraf etishga barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz, — deydi deputat Sayfiddin Subanov.

Aniq natijalarga qaratilgan bunday muloqot va o‘rganishlar barcha mahallalarda davom ettiriladi.

Slide 1 of 6