Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "1-Degrez" okrugi deputati Begjanov Ulug'bek Utkurovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o'rinbosari Oybek Rahmonberdiyevga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 20-iyuldagi III-31-62-14-202-K/26-sonli qarori bilan tumandagi 13 ta (4-, 62-, 78-, 109-, 116-, 123-, 129-, 193-, 194-, 229-, 236-, 238-, 245-sonli) umumta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb etish uchun zarur sharoitlar yaratish, maktablarda to‘siqsiz muhitni shakllantirish, korreksion resurs xonalarini tashkil etish va jihozlash maqsadida 1 600 000 000 (bir milliard olti yuz million) so‘m mablag‘ ajratilishi belgilanganligi qayd etilgan.

📈 Mazkur qaror ijrosi yuzasidan so'ralmoqda:

✍️ qarorda belgilangan 13 ta umumta’lim maktabida nazarda tutilgan ishlarning bugungi kundagi ijro holati qandayligi, qaysi maktablarda ishlar to‘liq yakunlangan, qaysi maktablarda ishlar qisman bajarilgan va qaysi maktablarda ishlar hali yakuniga yetkazilmaganligi, har bir maktab bo‘yicha bajarilgan ishlar va mavjud kamchiliklarni alohida ko‘rsatish;

✍️ qaror bilan ajratilgan 1 600 000 000 (bir milliard olti yuz million) so‘m mablag‘ning qancha qismi o‘zlashtirilgan va aynan qanday ishlarni amalga oshirishga yo‘naltirilganligi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanganligi hamda bajarilgan ishlarning amaldagi qiymati bo‘yicha ma’lumot berish;

✍️ ishlari to‘liq yakunlanmagan maktablarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va qarorda belgilangan barcha vazifalarni yakunlash bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda va ishlarni to‘liq yakunlashning aniq muddatlari belgilanganligi, shuningdek, 13 ta maktabda korreksion resurs xonalarining tashkil etilishi va zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlanishi qaysi muddatda yakunlanishi rejalashtirilganligi haqida qonunchilikda belgilangan muddatda asosli tarzda yozma javob yuborish so‘ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3