Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
“Kambag‘allik reyestri”dagi oilalarning yashash sharoitlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Bo‘stonliq tumanida kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan “Baymurzayev” mahallasiga biriktirilgan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan mahalladan reyestrga kiritilgan 21 ta oilalarning 8 tasi bo‘yicha “xonadonbay” asosda o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida oilalarning kundalik turmush sharoiti, daromad manbalari, bandlik holati hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojlari bilan batafsil tanishildi. Fuqarolar bilan muloqot jarayonida ularni qiynayotgan muammolar tinglanib, har bir murojaat bo‘yicha tegishli chora ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, aholi tomonidan tomorqa ekinlarini sug‘orish uchun suv bilan ta’minlash masalasida murojaat bildirildi. Tomorqadan unumli foydalanish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘paytirish va shu orqali oila daromadini oshirishda suv ta’minoti muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, 1 nafar fuqaro ko‘z jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi. Mazkur murojaat yuzasidan fuqaroga mavjud imkoniyatlar doirasida amaliy yordam ko‘rsatish, zarur tibbiy ko‘rik va davolanish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Uch nafar fuqaro esa o‘zini o‘zi band qilish va daromad manbaini yaratish maqsadida imtiyozli kredit ajratish masalasida murojaat bildirdi. Murojaatlar yuzasidan fuqarolarning imkoniyatlari va rejalashtirgan faoliyat turidan kelib chiqib, ularga mavjud imtiyozli moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

🔻Deputat tomonidan har bir murojaatni umumiy tarzda emas, aniq vazifalar asosida hal etish zarurligi ta’kidlandi. Mas’ullarga tomorqalarni sug‘orish uchun suv ta’minoti masalasini o‘rganish va imkoni boricha hal etish, tibbiy yordamga muhtoj fuqaroning murojaati bo‘yicha tegishli tibbiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kredit olish jarayonida amaliy ko‘maklashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5