Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
XALQ BILAN MULOQOT VA INSON QADRI: D.Normuradova "Abdulla Avloniy" mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi!

Aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning dardu tashvishlarini eshitish, har bir murojaatga adolatli va manzilli yechim topish — deputatlik faoliyatining eng ustuvor vazifasidir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova o‘z saylov okrugiga qarashli “Abdulla Avloniy” mahallasida bo‘lib, hudud aholisi uchun navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

Muloqot va qabul jarayonida mahalla ahli tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal ta’minot, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy yordam hamda bandlik kabi turli hayotiy va dolzarb masalalar bo‘yicha bir qator murojaatlar hamda takliflar bildirildi.

Qabul davomida:

• Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala atroflicha tushuntirish va huquqiy maslahatlar bilan boyitildi;

• Hal etilishi vaqt hamda muvofiqlashtirishni talab qiladigan murakkab murojaatlar deputat D.Normuradovaning shaxsiy murojaat daftariga qat’iy nazoratga olish uchun qayd etildi.

Bildirilgan murojaatlarning ijobiy hal etilishini ta’minlash maqsadida shahardagi tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

"Saylovchilarimiz tomonidan bildirilayotgan har bir murojaat ortida fuqarolarimizning ishonchi hamda ularning kundalik turmush farovonligi turibdi. Bizning vazifamiz — odamlarni shunchaki eshitish emas, balki har bir murojaat ortida turgan muammoga amaliy yechim topish va xalqimiz roziligiga erishishdir," — deya ta'kidladi Kengash raisi, deputat D.Normuradova.

Aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni qonuniy hal etish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi!

Slide 1 of 2