Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
"Alpomish" mahallasida obodonlashtirish ishlari "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida suhbat olib borildi!



Termiz shahrida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi hamkorlik aloqalari izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat Kengashi deputati D.Suvonova, Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat mutaxassislari shahardagi “Alpomish” mahallasida bo‘lishdi.

Mas’ullar tashrif davomida hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarining bugungi holati yuzasidan mahalla faollari hamda oqsoqollar bilan atroflicha suhbat muloqot o‘tkazdilar.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida olib borildi.

Suhbat davomida mahalla faollari bilan quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

Ko‘chalar obodligi va jamoatchilik ishtiroki: Mahallada olib borilayotgan tozalik va obodonchilik ishlarida aholi va yoshlarning faolligini oshirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish;

"Yashil makon" loyihasi: Mahalladagi yashil hududlar, daraxtlar va gulzorlarni parvarish qilish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish;

"Mahalla yettiligi" va faollar hamkorligi: Obodonlashtirish borasida aniqlangan muammolarni (chiqindi yig'ish, yo'laklarni ta'mirlash) mahalla mas’ullari hamkorligida tezkor hal etish mexanizmlari.

D.Suvonova: "Mahalla obodligi — uning ahilligi va faollarining fidoyiligidan boshlanadi!"

"Mahallalarni obod qilish va ozoda saqlash faqatgina davlat idoralarining emas, balki shu hududda yashayotgan har bir fuqaroning, ayniqsa, mahalla faollarining kunlik daxldorlik hissiga bog'liq. 'Alpomish' mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo'llarni ta'mirlash jarayonlari tahsinga loyiq. Biz deputatlik va senatorlik nazoratimiz doirasida faollarimiz tashabbuslarini doimiy qo‘llab-quvvatlaymiz," — deya ta'kidladi Senator.

📈 Muloqot yakunida mahalla faollari tomonidan o‘rtaga tashlangan takliflar inobatga olinib, hududni yanada ko‘rkam maskanga aylantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar belgilab olindi.