Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Nurli Pangat mahallasida kuz-qish mavsumini puxta tayyorgarlik bilan o‘tkazish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda aholi xavfsizligini oshirish maqsadida amaliy ishlar olib borildi.

Xususan, Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do'squlova nazorati ostida mahalla hududidagi elektr tarmoqlarida foydalanib kelingan simyog‘ochlar zamonaviy va mustahkam beton elektr ustunlariga almashtirildi.

Amalga oshirilgan mazkur ishlar elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumida aholi uchun barqaror va xavfsiz elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Hududlarda shu kabi amaliy ishlarning amalga oshirilishi kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va aholiga qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3