Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shirin shahar suv ta’minoti bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va xodimlarning huquqiy ongini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, xodimlar ishtirokida profilaktik suhbat va o‘quv-treninglar o‘tkazilib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, inson omilini kamaytirish maqsadida qator xizmatlar raqamlashtirilib, texnik shart olish, suv hisoblagichlarini o‘rnatish va almashtirish, shartnoma tuzish hamda to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlarida elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi.

Korrupsiyaviy holatlarni aniqlash va ularning oldini olish maqsadida ichki nazorat mexanizmlari kuchaytirilib, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun ishonch telefonlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida bo‘lim xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilmagan. Kelgusida ham korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, xizmatlar sifatini oshirish va aholiga ochiq hamda shaffof xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta'kitlab o‘tildi.