Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 4-Afg'on saylov okrugidan saylangan deputat Lazizjon O'tkirovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan tumandagi Markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarni qabul qilish va ro‘yxatga olish jarayoni, shifokorlar qabuli, mutaxassislarga yo‘llanmalar berish amaliyoti, profilaktik ko‘riklar tashkil etilishi, dori vositalari bilan ta’minlanganlik, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🩺 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, tibbiy hujjatlarni yuritish, tibbiy etikaga rioya qilish hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirish yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Shuningdek, poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlar qabuli, kutish vaqti hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, birlamchi tibbiy yordam tizimi samaradorligini oshirish, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3