35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MILLIY MADHIYA — MILLIY G‘URUR” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JA DONIYOR MFYNI YUQORI NAMUNALI MAHALLAGA AYLANTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JA DONIYOR MFY HUDUDIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
1-, 5- VA 6-BANDLAR IJROSI YUZASIDAN: MO‘LIYONI POYON MAHALLASIDA MUHIM MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
5- VA 6-BANDLAR IJROSI YUZASIDAN: O‘RIKZOR MAHALLASIDA IJTIMOIY VA XOTIN-QIZLAR YO‘NALISHIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XO‘JA DONIYORDA YANGI TIKUVCHILIK SEXI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 4-Bog‘ibaland saylov okrugidan saylangan deputat Munisov Abduaziz Abdulboriyevich Bog‘ibaland, Jo‘yichuqur, Xo‘jaqishloq, Azizон, Gulobod, Yuksalish hamda Zarafshon MFYlarida o‘rganishlar olib boradi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 3-Motrid saylov okrugidan saylangan deputat Asrorova Baxtigul Abrorovna Motrid, Xumo, Xo‘jag‘unjoyish, Ma’rifat, Qo‘rg‘oncha hamda Geologlar MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
#_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot Deputatlik nazorati amalda

#_162_ta_qonun
#_deputat_faoliyati
#biriktirilgan_tashkilot
Deputatlik nazorati amalda


Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi raisi M.Ashurov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining “1-Sangardak” saylov okrugidan saylangan deputat S.Kasimov tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 3-sentabr kuni berilgan topshiriqlarning joylarda ijrosini ta’minlash, xususan, kambag‘al oilalarni xatlovdan o‘tkazish, ularning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish hamda mavjud muammolarini aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishga qaratildi.

Tadbir davomida tuman hududida kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Xatlov jarayonida oilalarning daromad manbalari, bandlik holati, uy-joy sharoiti, oiladagi ijtimoiy muammolar, mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligi, tadbirkorlik va kasb-hunar bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning har birini alohida o‘rganish, ularning muammolarini umumiy yondashuv asosida emas, balki individual holatdan kelib chiqib hal etish muhimligi ta’kidlandi. Ayniqsa, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari faoliyati, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasidagi ishlar ham o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida xatlov natijalarining haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlash, birorta ham ehtiyojmand oilani e’tibordan chetda qoldirmaslik, mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish hamda har bir oila uchun aniq chora-tadbirlarni belgilash zarurligi qayd etildi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son Qonuni hamda “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-son Qonuni asosida tuzilgan savolnomalardan foydalanildi.

Deputatlik nazorati davomida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xatlov jarayonlarini sifatli tashkil etish, aholining murojaat va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiya va berildi.

Ta’kidlanganidek, kambag‘allikni qisqartirish faqat moddiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish, fuqarolarni munosib ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish orqali uzoq muddatli natijaga erishishni nazarda tutadi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarning qonuniyligi, samaradorligi va manzilliligini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda Prezident topshiriqlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3