Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
11-BAND IJROSI YUZASIDAN: TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
3-BAND IJROSI YUZASIDAN: 76-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HUDUDIGA KIRISH QISMI BO‘YICHA ISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangi qiyofaga kiradi
янв.21
MAKTAB OSHXONASIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MFYDA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
янв.21
4-BAND IJROSI YUZASIDAN: KICHIK TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
SHAHAR RAHBARI FUQARO MUROJAATI BO‘YICHA BOG‘ISTON MAHALLASIGA BORDI
янв.21
SHAHAR HOKIMI YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT QILDI
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI BILIMLAR SARI ILK QADAM

Yangi 2026–2027 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 302-sonli umumta’lim maktabida «Birinchi qo‘ng‘iroq» bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova Iqbolxon ishtirok etdi. Yig‘ilganlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etib, o‘quvchilarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

🌟Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilariga alohida murojaat qilib, ularga yaxshi o‘qish, yangi bilimlarni qunt bilan egallash, maktab hayotida faol bo‘lish va katta muvaffaqiyatlarga erishish tilaklarini bildirdi.

📚Shuningdek, ustozlarga yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat, sabr va omad tilandi.

🇺🇿Ilk qo‘ng‘iroq sadosi bilan boshlangan yangi o‘quv yili barchaga yangi marralar, ezgu maqsadlar va ulkan yutuqlar olib kelsin!

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5