35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
8-BAND IJROSI: Ko‘chalarni yoritish va infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroni harbiy xizmatga jalb etish masalasi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ovozi Samarqand" gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
янв.21
23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Oilaviy muammolarni o‘rganish va oilalar mustahkamligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
AHOLI MANFAATLARI UCHUN AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va deputatlar hamkorligi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va deputatlar hamkorligi

«Madad» nodavlat notijorat tashkiloti vakili va Sariosiyo tuman Kengashi deputatlari (N.Xamdamova, N.Chorshanbiyeva) hamkorligida mahalliy aholi bilan ochiq muloqot olib borildi. Maqsad — fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish.

Tadbirda 2017-yilda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonun mazmuni tushuntirildi, davlat organlariga murojaat qilish tartibi bo‘yicha maslahatlar berildi. Yakunida murojaatlar asosida amaliy yechim topish va mas’uliyatli tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

Cocoon AI Summary

Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining “15-Tepakchinor” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova, “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva, tuman Kengashi huzuridagi “Ekspertlar guruhi” a’zosi M.Normo‘minova hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili hamkorligida aholi bilan ochiq muloqot va fikr almashishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbati davomida fuqarolarning huquqiy bilimlarini yuksaltirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, jamiyatda fuqarolik faolligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

batafsil:

Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflarini ilgari surdilar. Fuqarolarning murojaatlarini chuqur o‘rganish, muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash hamda ularni tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda hal etish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, 2017-yil 11-sentabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan fuqarolarning huquqlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Qonun talablariga rioya qilish, fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish va ularning huquqiy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot jarayonida aholi vakillariga o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy yo‘l bilan himoya qilish, davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish tartibi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish, ular bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash hamda amaliy yechim topish maqsadida mas’ullar bilan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan deputatlar o‘rtasida samarali hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy ongi va faolligini oshirish, shuningdek, joylardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3