35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 27-Nurli yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat Hazratqulov Abbos Yoqubjon o‘g‘li Yoshlar, Baxtli hayot, Matonat, Sayqal, Nurli yo‘l, Maysazor hamda Mehnat MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 28-Temiryo‘lchi saylov okrugidan saylangan deputat Musurmanova Shodiya Holmuratovna Temiryo‘lchilar, Ipak yo‘li, Baraka, Hunarmandlar, Hazora hamda Vatanparvar MFYlarida o‘rganishlar olib boradi. ✅ O‘rganishlar davomida:
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 10-So‘zangaron saylov okrugidan saylangan deputat Kabilov Zafar Axtamovich So‘zangaron, Abdulla Qahhor, G‘ofur G‘ulom, Chashma hamda Qo‘shchinor MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 26-Bog‘dod saylov okrugidan saylangan deputat Yusupov Abdullo Boyarovich Orzu, Raxmatobod, Bog‘dod, Bog‘iston, Sevali ota, Tutzor, Turon, Hayotobod hamda Maqsud Shayxzoda MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 21-Beshchinor saylov okrugidan saylangan deputat Sarajjanova Anjelika Arturovna Al-Xorazmiy, Beshchinor, Mirzo Bedil, Abdulla Avloniy, Marxabo, Saxovat, Bahor, Semurg‘ hamda Tokzor MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI: aholi murojaatlari va hududdagi masalalar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar markazida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi jarayoni Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Boltayeva Dilbar tomonidan o‘rganildi.
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI: AHOLI MANFAATI UCHUN AMALIY ISHLAR
янв.21
23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
8-BAND IJROSI: Ko‘chalarni yoritish va infratuzilma holati o‘rganildi
Munosabat

Jonajon O‘zbekistonimiz o‘zining tarixiy va shonli sanasi – Mustaqillikning 35 yilligini katta yutuqlar va bunyodkorlik ishlari bilan kutib olmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarni kompleks rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar poytaxtimizning eng yosh hududlaridan biri bo‘lgan Yangihayot tumanida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Tashkil topganiga endigina 6 yil bo‘lganiga qaramay, tuman qisqa vaqt ichida yirik sanoat korxonalari, innovatsion loyihalar va zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan yirik iqtisodiy markazga aylanib ulgurdi.O‘zLiDePning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamining kengayishi tumandagi iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri bo‘lib xizmat qilmoqda. Buning eng yorqin misoli sifatida tumandagi hududida barpo etilgan "JAC Motors Toshkent" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasini keltirish mumkin. Ushbu ulkan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlar quyidagilardan iborat:
·         Korxonada “JAC” brendi ostida yengil tijoriy avtomobillar hamda elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
·         Loyiha ta’sischilari sifatida Xitoyning “JAC MOTORS INTERNATIONAL TRADING CO., LTD” kompaniyasi 51 foiz va “TOSHKENT INVEST KOMPANIYASI” AJ 49 foiz ulush bilan ishtirok etmoqda.
·         Korxonaning umumiy hududi 30,86 gektarni tashkil etib, loyihaning birinchi bosqichida 5 gektar maydonda qurilish ishlari olib borildi.
·         Loyihaning umumiy qiymati 128 million dollarni tashkil etadi va bu mablag‘ning barchasi xorijiy investitsiyalar hisobiga to‘g‘ri keladi.
·         Ushbu zavodning to‘liq ishga tushirilishi orqali yiliga 135 million AQSh dollari qiymatidagi 50 000 dona tijoriy avtomobillar ishlab chiqarish quvvati yaratildi.
·         Aholi bandligini ta’minlash maqsadida korxonada 1000 tadan 2100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
·         Ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasi 60 foizni tashkil etadi.
·         Korxona faoliyati orqali yillik budjetga 64,8 milliard so‘m tushum tushishi va loyiha o‘zini 5 yil ichida qoplashi rejalashtirilgan.
Yangihayot tumanida nafaqat yirik sanoat, balki kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarida ham keng ko‘lamli tahliliy ko‘rsatkichlar qayd etildi. 2026 yilning 2-chorak yakunlariga ko‘ra tumanda bajarilgan ishlar buning yaqqol dalilidir:
·         Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,2 trillion so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 109,3 foizga yetdi.
·         Xizmatlar ko‘rsatish hajmi 3,7 trillion so‘mni tashkil qilib, 119,3 foizlik o‘sishga erishildi.
·         Tadbirkorlik dasturlari doirasida mahallalarda 90 ta mikroloyihalar ishga tushirildi va tadbirkorlarga 15,0 milliard so‘m kredit ajratildi.
Aholining turmush farovonligini oshirish, ishsizlikni kamaytirish va infratuzilmani yaxshilash borasida ham muhim qadamlar tashlandi:
·         Tumanda 7 967 taga yaqin yashirin ish o‘rinlari legallashtirildi.
·         5 156 nafar aholining bandligi ta’minlandi va ishsizlik darajasi 4,1 foizga tushirildi.
·         Aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida 556 xonadonli turar joylar qurildi va 55 ta ko‘p kvartirali uylar ta’mirlandi.
·         Tumanda "Magic Safari" hayvonot bog‘i, "Flowers Garden" bog‘i va 24/7 ko‘chasi kabi yangi ko‘ngilochar manzillar ishga tushirildi.
·         Sayyohlik infratuzilmasining rivojlanishi natijasida turistlar soni 125,6 ming nafarga, turzim eksporti esa 22,6 million dollarga yetkazildi.
Xulosa qilib aytganda, Yangihayot tumanida o‘tgan 6 yil mobaynida amalga oshirilgan bunyodkorlik va iqtisodiy islohotlar O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa bo‘lmoqda.
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi
deputati Х.Dadadbaev

👀Bizni kuzatishni davom eting! 👇👇👇