35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik sohasiga oid qonunlar o‘rganilmoqda
янв.21
Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
8 VA 23-BANDLAR IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Yangi qo‘rg‘on MFYdagi muammo o‘rganildi
янв.21
14-BAND IJROSI: Elektr simyog‘ochlarini yangilash bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Dorixonalardagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
“Huquq va iste’molchi” iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy-ommabop gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik doirasida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda

O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik doirasida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Xaitqulov tuman Soliq bo'limi boshlig'i o'rinbosari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Tuman Soliq bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-yarim yilligi davomida soliq qonunchiligi ijrosini ta’minlash, davlat budjetiga tushumlarni shakllantirish, soliq qarzdorligini kamaytirish hamda soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi xisoboti tinglandi.

Xususan, soliq to‘lovchilarni hisobga olish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, soliq qarzdorligini kamaytirish, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sayyor qabullarni tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

✅Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining qonunchilik talablariga muvofiq bajarilishi;
✅ Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga soliq xizmatlarining sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatilishi;
✅ Soliq qarzdorligini kamaytirish, soliqlarni undirish va budjetga tushumlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
✅Soliq to‘lovchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berish;

O‘rganish davomida soliq bo‘limi mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda soliq sohasidagi qonunchilik talablarini amaliyotda to‘liq ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3