Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat maqolasi: muhim masala jamoatchilik e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganish ishlari
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
🎓 Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutida “Umummilliy talabalar so‘rovnomasi” faol davom etmoqda!
янв.21
📌 Deputatlar ishtirokida muhim masalalar muhokama etildi.
янв.21
📣📌 MAHALLADA YANA BIR MUAMMO IJOBIY YECHIM TOPDI!
янв.21
📣📌 SAYYOR QABUL — FUQAROLAR MANFAATI YO‘LIDA AMALIY QADAM
янв.21
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
📚 TA’LIM — TARAQQIYOT POYDEVORI 🗞 “Samarqand” gazetasining 2026-yil 17-yanvar kungi 2 (2619)-sonida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Olim Pardayevning “TA’LIM — TARAQQIYOT POYDEVORI” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova saylovchilar bilan uchrashdi
Yig‘ilishda tumanda “tashabbusli byudjet” jarayonining 2024-yilgi mavsumida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Tashabbusli byudjet jarayonlarining 2024 yilgi mavsumi bo‘yicha jami 344 ta loyihalar kiritilgan bo‘lib, ushbu loyihalarga 67 ming 700 dan ortiq ovozlar fuqarolar tomonidan yig‘ilgan bu tuman aholisi soniga nisbatan 46 foizini tashkil etdi.

2024 yil 1-mavsumi doirasida jami 12 ta loyihalar g‘olib deb topilgan bo‘lib ushbu loyihalar qiymati 15290,0 mln so‘mni tashkil etgan.

Jumladan;

- Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha 4 ta;

-Umumta’lim maktalarni ta’mirlash bo‘yicha 6 ta;

-Kasb-hunar maktablarini jihozlash bo‘yicha 1 ta;

-Musiqa va san’at maktablarini jihozlash bo‘yicha 1 ta ni tashkil etadi. 

Ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida buyurtmachi tashkilotlarning barchasiga mablag‘lar to‘liq o‘tkazib berilgan.

Natijada 1-mavsum bo‘yicha 12 ta g‘olib loyihalar buyurtmachi tashkilotlar toomnidan o‘z muddatlarida to‘liq amalga oshirilib fuqarolarimizga foydalanishlari uchun topshirilgan.

2024 yil 2-mavsumi doirasida jami 9 ta loyihalar g‘olib deb topilgan bo‘lib, ushbu loyihalar qiymati 12240,0 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Jumladan;

-Ichki yo‘llarni asflatlashtir bo‘yicha 4 ta;

-Sog‘liqni saqlash muassasalarni ta’mirlash bo‘yicha 1 ta;

-Umumta’lim maktablarni ta’mirlash sohisi bo‘yicha 3 ta;

-Kasb-hunar maktablarini ta’mirlash bo‘yicha 1 tani tashkil etadi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida buyurtmachi tashkilotlarning barchasiga mablag‘lar to‘liq o‘tkazib berilgan.

Natijada; 2-mavsum bo‘yicha 9 ta g‘olib loyihalardan 4 tasi ya’ni ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bilan bog‘liq loyihalar 2024 yilning o‘zida to‘liq amalga oshirilib hamda foydalanishga topshirilgan. Shuningdek qolgan 5 ta loyihalardan 2 tasida ya’ni 1-son kasb-hunar maktabi va 4-son umumta’lim maktablarini qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan bo‘lib hozirgi kunga qadar ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Qolgan 3 ta loyihani amalga oshirish yuzasidan buyurtmachi tashkilot tomonidan pudratchi tashkilotlarni aniqlash maqsaddida e’longa joylashtirilganligi ta’kidlandi.

Mazkur masala yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirib o‘tishdi. Mazkur masala tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan. 

Slide 1 of 2