35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotibiyat mutaxassislari mahallada bo‘ldi

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Zafar Alimov nomiga kelib tushgan murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Dilshodbek Ibragimov va Akbarali Alisherov - Katta Qo‘yliq mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida murojaatda ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, mavjud holat yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining fikr va takliflari tinglandi.

📌 Murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, unda ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda ijrosini nazorat qilish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Slide 1 of 1