35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik sohasiga oid qonunlar o‘rganilmoqda
янв.21
Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
8 VA 23-BANDLAR IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Yangi qo‘rg‘on MFYdagi muammo o‘rganildi
янв.21
14-BAND IJROSI: Elektr simyog‘ochlarini yangilash bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Dorixonalardagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
“Huquq va iste’molchi” iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy-ommabop gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Bimurzayev tumanning “Qoraboy” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim S.Aralova tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda ijtimoiy yordamlarning manzilliligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahalladagi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, kam ta’minlangan hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiy reabilitatsiya vositalari, ijtimoiy xizmatlar, sanatoriy-sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari, protez-ortopediya moslamalari, nogironlik aravachalari va boshqa texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanishi, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺Deputat tomonidan davlat tomonidan ajratilayotgan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordamlar va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralarining haqiqatan ham ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yetib borishi, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda har bir oilaning ijtimoiy holatini doimiy nazorat qilib borish muhimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ayrim muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.