35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik sohasiga oid qonunlar o‘rganilmoqda
янв.21
Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
8 VA 23-BANDLAR IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Yangi qo‘rg‘on MFYdagi muammo o‘rganildi
янв.21
14-BAND IJROSI: Elektr simyog‘ochlarini yangilash bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Dorixonalardagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
“Huquq va iste’molchi” iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy-ommabop gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Tibbiy xizmat sifati va bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida poliklinikada bemorlarni qabul qilish jarayonlari, tor mutaxassislar faoliyati, navbatlarni tashkil etish tizimi, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmatlar sifati tahlil qilindi. Shuningdek, tibbiy xodimlarning bemorlar bilan muomala madaniyati, murojaatlarga munosabati va xizmat ko‘rsatish samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Poliklinikada raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, elektron tibbiy kartalarni yuritish, elektron navbat tizimi, raqamli ro‘yxatga olish xizmati, tibbiy ma’lumotlarni axborot tizimlari orqali shakllantirish va saqlash, elektron yo‘llanmalar hamda boshqa raqamli xizmatlarning amaldagi holati yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.

🔻Shuningdek, imtiyozli toifaga kiruvchi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati ham o‘rganildi. Dorixonadagi mavjud zaxiralar, dori vositalarining turlari, saqlash sharoitlari, hisobini yuritish tartibi hamda aholiga yetkazib berish mexanizmi yuzasidan ma’lumotlar olindi. Bepul dori vositalarining belgilangan tartib asosida tarqatilishi, ularning yetarli miqdorda mavjudligi va doimiy monitoring qilib borilishi masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3