35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik sohasiga oid qonunlar o‘rganilmoqda
янв.21
Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
8 VA 23-BANDLAR IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Yangi qo‘rg‘on MFYdagi muammo o‘rganildi
янв.21
14-BAND IJROSI: Elektr simyog‘ochlarini yangilash bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Dorixonalardagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
“Huquq va iste’molchi” iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy-ommabop gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Aholi farovonligi va kommunal soha barqarorligi — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 22-Oltinsoy saylov okrugidan saylangan deputat Tagayeva Shaxnoza Omonovna tomonidan hududdagi mahallalarda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining bugungi holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida deputat asosiy e’tiborni aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalalariga qaratdi. Shuningdek, hududlardagi transformator punktlari, gaz taqsimlash inshootlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning texnik tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda mahalla fuqarolaridan tushgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olindi. Bir qator masalalar bo‘yicha joyida tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.