🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov shaharda barpo etilishi rejalashtirilayotgan yangi sayilgoh loyihasi bilan tanishdilar.
🔹 Loyiha doirasida favvora, bolalar maydonchalari, piyodalar yo‘laklari, dekorativ yoritish, o‘rindiqlar va ko‘kalamzorlashtirish hududlari tashkil etiladi.
⚖️ Loyiha 2021-yil 22-fevraldagi O‘RQ-676-son Qonuni bilan tasdiqlangan Shaharsozlik kodeksi talablari asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
✅ Yangi sayilgoh aholining mazmunli hordiq chiqarishi, shaharning obodonligi va jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.