35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirish masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar Devoli Kundalang mahallasidagi muammolarni o‘rgandilar.
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatida ochiqlik va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega
янв.21
Dorixonalar faoliyati va dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Registon mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Geologlar mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan hisobot o‘rganildi
янв.21
Deputat “Dolzarb 40 kunlik” doirasida saylov okrugidagi o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda
янв.21
Hududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindiHududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Chiqindilarni qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputati Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi “Chashma” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish davomida mahalladagi “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, hokim yordamchisi S.Melsovning aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi.Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan buyon 23 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan, 36 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan. Shuningdek, 6 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun jami 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.Bundan tashqari, migratsiyadan qaytgan 1 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 4 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikroloyihalar amalga oshirilib, faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Tadbirkorlik
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash doirasida 6 ta yangi YATT va 3 ta MCHJ faoliyatini boshlashiga ko‘maklashilgan.Shuningdek, Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan 5 ta oilaga amaliy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 4 ta oilaga ssuda, 1 ta oilaga subsidiya ajratilishiga ko‘maklashilgan.O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash,aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
  

Slide 1 of 2