35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirish masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatida ochiqlik va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega
янв.21
Deputatlar Devoli Kundalang mahallasidagi muammolarni o‘rgandilar.
янв.21
Dorixonalar faoliyati va dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Registon mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Geologlar mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan hisobot o‘rganildi
янв.21
Deputat “Dolzarb 40 kunlik” doirasida saylov okrugidagi o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda
янв.21
Hududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindiHududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Chiqindilarni qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
“Shifokor” mahallasida aholi muammolari va mahalla faoliyati o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasova saylov okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida bo‘lib, hududdagi ishlar holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
🔎 Nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud holatni har tomonlama tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalla faollarining aholi bilan bevosita ishlashi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyati yuzasidan fikr almashildi.
👥 Shuningdek, mahallada aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari ham nazorat-tahlil tadbirining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
Mazkur Farmon doirasida mahalla boshqaruvini yanada samarali tashkil etish, mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, aholi bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish borasidagi vazifalar yuzasidan mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazildi.
📋 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 mahallada aholi bilan ishlash va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish holati;
🔹 mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 mahalla faollarining o‘zaro hamkorligi va vazifalarni bajarish samaradorligi;
🔹 hududni obodonlashtirish va rivojlantirishga qaratilgan ishlarning borishi;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash;
🔹 yoshlar va xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalarni hal etish;
🔹 aholi bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
🔹 mahalladagi muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish samaradorligi.
💬 Muloqot davomida mahalla faollarining aholiga yaqin bo‘lishi, har bir murojaat ortida inson taqdiri va manfaatlari turganini unutmaslik, muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, mahalladagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar oldiga masala sifatida qo‘yish, ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borish muhimligi qayd etildi.
📌 Nazorat-tahlil tadbirlarining asosiy maqsadi — kamchiliklarni aniqlash bilangina cheklanmasdan, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralarni belgilash, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish va eng muhimi, aholi manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
🤝 Kelgusida ham “Shifokor” mahallasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, muammolar yechimini nazoratga olish hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
🇺🇿 Aholi manfaatlari — deputatlik faoliyatining asosiy mezoni!