35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirish masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar Devoli Kundalang mahallasidagi muammolarni o‘rgandilar.
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatida ochiqlik va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega
янв.21
Dorixonalar faoliyati va dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Registon mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Geologlar mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan hisobot o‘rganildi
янв.21
Deputat “Dolzarb 40 kunlik” doirasida saylov okrugidagi o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda
янв.21
Hududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindiHududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Chiqindilarni qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
Deputat so‘rovi yuborildi: “Temiryo‘lchi” va “Alisher Navoiy” mahallalaridagi infrastruktura ishlari o‘rganildi

O‘rganishlar davomida “Temiryo‘lchi” va “Alisher Navoiy” mahallalari hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘yida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi (trotuar) hamda tungi yoritish tizimi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur obyekt uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zarur moliyaviy resurslar ajratilgan bo‘lsa-da, ayrim qurilish-montaj ishlari bugungi kungacha to‘liq yakunlanmagan.
O‘rganish davomida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
piyodalar yo‘lagi qurilishi ayrim joylarda chala va sifatsiz bajarilgan;
tungi yoritish ustunlari o‘rnatilgan bo‘lsa-da, elektr kabellari to‘liq tortilmagan;
yoritish chiroqlari hali ishga tushirilmagan;
bajarilgan ishlarning sifati va mablag‘lardan foydalanish samaradorligi yuzasidan savollar mavjud.
Aniqlangan holatlar yuzasidan deputat tomonidan Termiz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Dusmuratov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida:
piyodalar yo‘lagi qurilishini belgilangan standartlar asosida yakunlash;
tungi yoritish tizimini to‘liq ishga tushirish;
ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish;
pudratchi tashkilot tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan foto va hujjatlar bilan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish masalalari ko‘tarildi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — davlat mablag‘larining samarali sarflanishi, aholi uchun yaratilayotgan infratuzilma obyektlarining sifatli va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlashdan iborat.
Bugun yaratilayotgan piyodalar yo‘lagi va yoritish tizimi ertaga minglab fuqarolarning xavfsizligi va qulayligi uchun xizmat qilishi lozim.
Shu sababli har bir qurilish obyekti deputatlik nazoratida bo‘lishi muhim.
Har bir loyiha — xalq manfaatlari uchun, har bir muammo — nazorat ostida!