35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Dolzarb 40 kunlik” doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Hunarmandlar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirish masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatida ochiqlik va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega
янв.21
Deputatlar Devoli Kundalang mahallasidagi muammolarni o‘rgandilar.
янв.21
Dorixonalar faoliyati va dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Registon mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Geologlar mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan hisobot o‘rganildi
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘zi saylangan okrugdagi “Fayzobod” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Uchrashuv davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim M.Xadjikulovaning ish faoliyatini o‘rganib, hududda yashovchi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha tahlil qildi.O‘rganishlar davomida “Fayzobod” MFY hududida 11 nafar alohida ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxs, 9 ta kambag‘allik chegarasidagi hamda 32 ta kamb‘al oila mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, ijtimoiy loyihalar doirasida 19 ta kam ta’minlangan oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, 4 ta oilaga kiyim-kechak yetkazib berilgani, 4 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligi ta’minlangani ma’lum qilindi.Bundan tashqari, 2026-yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar fuqaro POM va RTV mahsulotlari bilan ta’minlangani qayd etildi.Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi. Mahalla hududida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning maqsadli va samarali tashkil etilgani alohida qayd etildi.Uchrashuv yakunida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish,ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.  

Slide 1 of 4