35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindiHududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Chiqindilarni qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
янв.21
Qavola mahallasida kiberxavfsizlik va huquqiy targ‘ibot masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat xususiy stomatologiya muassasasi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Oziq-ovqat do‘konlarida narx-navo masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi
янв.21
Qurg‘oncha mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘ja Abdu Darun qabristonida hashar ishlari olib borildi
янв.21
Sa’diy Sheroziy mahallasidagi bolalar maydonchasini ta’mirlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Farovonlik mahallasida ko‘cha savdosini tartibga solish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
#deputat_daftari

Deputatlik nazorati doirasida qurilish jarayoni va mavjud muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 8-"Baxshitepa" saylov okrugi deputati Fotex Raxmatov, tuman Kengashi kotibiyati xodimi, tuman tibbiyot birlashmasi mas'ullari hamda tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda 11-oilaviy poliklinika qurilish maydonida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida qurilish ishlari holati, mavjud sharoitlar hamda hududdagi muammolar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, poliklinika hovlisida joylashgan qurigan va qisman singan daraxtlarni belgilangan tartibda bartaraf etish uchun Toyloq tumani Ekologiya bo‘limining tegishli xulosasi o‘z vaqtida taqdim etilmayotganligi aniqlandi.

Mazkur masala deputat tomonidan "Deputat daftari"ga qayd etilib, muammoni qonunchilik talablariga muvofiq hal etish hamda tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas'ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1