35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik sohasiga oid qonunlar o‘rganilmoqda
янв.21
Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
8 VA 23-BANDLAR IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Yangi qo‘rg‘on MFYdagi muammo o‘rganildi
янв.21
14-BAND IJROSI: Elektr simyog‘ochlarini yangilash bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Dorixonalardagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
“Huquq va iste’molchi” iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy-ommabop gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
KO‘KSAROY MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA ENERGETIKA TIZIMI HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

KO‘KSAROY MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA ENERGETIKA TIZIMI HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, xususan, hududlarda energetika tizimi barqarorligini ta’minlash, elektr va tabiiy gaz ta’minotidagi muammolarni manzilli o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Ko‘ksaroy mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

🇺🇿 Mazkur o‘rganish xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "14-O‘rikzor" saylov okrugi deputati, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Abdurashid Abdushukurov Abduraximovich tomonidan amalga oshirildi. Jarayonda mahalla hududidagi mavjud energetika infratuzilmasi, xususan, elektr transformator punktlari hamda gaz taqsimlash punktlarining (GTP) texnik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🕯 Xususan, Tong 4-tor ko‘chasida joylashgan 40-51-sonli, quvvati 800 kVt bo‘lgan transformator punktida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Mazkur ishlarning sifatli bajarilishi, transformator punktini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash hamda aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, mahalla hududidagi gaz taqsimlash punktlari (GTP) ham ko‘zdan kechirilib, ularning texnik holati, mavsumga tayyorgarligi va mavjud muammolar tahlil qilindi. Aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, gaz va elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumida aholiga barqaror kommunal xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash yuzasidan mahallaga biriktirilgan mas’ul xodimga tegishli murojaatlar bildirildi.

💼 O‘rganish mahalliy Kengashlar deputatlariga 24 ta tavsiyasi doirasida, xususan, kuz-qish mavsumida isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash va energetika sohasidagi muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash yo‘nalishida olib borildi. O'rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

Slide 1 of 6