35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik sohasiga oid qonunlar o‘rganilmoqda
янв.21
Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
8 VA 23-BANDLAR IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Yangi qo‘rg‘on MFYdagi muammo o‘rganildi
янв.21
14-BAND IJROSI: Elektr simyog‘ochlarini yangilash bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Dorixonalardagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
“Huquq va iste’molchi” iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy-ommabop gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
#qaror ijrosi amalda #o'rganish

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Olmaliq shahrida yirik ekologik loyihaga start berildi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2026-yil 13-iyun kuni tasdiqlangan VII-44-49-10-147-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Bo‘ston” mahallasi hududida yangi Yashil jamoat parki tashkil etilmoqda.

Mazkur qaror ijrosining borishi, park uchun ajratilgan yer maydoni va ishning tashkil etilish jarayoni mutasaddilar tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. O‘rganishda:
Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova;
Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev;
Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva;
Ekologiya va agrar, suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Faxriddin Matasimov ishtirok etishdi.

O‘rganish ishlariga mahalla raisi va mahalla “yettilik” a’zolari ham jalb etilib, hududda boshlangan dastlabki yer tekislash, infratuzilma tizimini shakllantirish va ko‘kalamzorlashtirish rejalari birgalikda ko‘zdan kechirildi.
Muhim topshiriq: Mazkur yashil hududni barpo etish ishlarini belgilangan standartlar asosida va o‘z vaqtida yakuniga yetkazish, shuningdek, jarayon bo‘yicha shahar Kengashining doimiy komissiyasiga muntazam ravishda axborot kiritib borish vazifasi yuklatildi.
Tez kunda “Bo‘ston” mahallasi ahlini va barcha Olmaliqliklarni musaffo havo, soya-salqin daraxtzor hamda go‘zal dam olish maskani o‘z bag‘riga chorlaydi.

Slide 1 of 9