35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirish masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar Devoli Kundalang mahallasidagi muammolarni o‘rgandilar.
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatida ochiqlik va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega
янв.21
Dorixonalar faoliyati va dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Registon mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Geologlar mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan hisobot o‘rganildi
янв.21
Deputat “Dolzarb 40 kunlik” doirasida saylov okrugidagi o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda
янв.21
Hududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindiHududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Chiqindilarni qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Vatanparvar saylov okrugidan saylangan deputat X. Amonovning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan Vatanparvar MFY hududida obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish holati o‘rganildi.
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Vatanparvar saylov okrugidan saylangan deputat X. Amonovning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan Vatanparvar MFY hududida obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish holati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar ishtirok etib, Vatanparvar MFY hududida obodonlashtirish ishlarining tashkil etilish holati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida:
hududlarni obodonlashtirish ishlari,
sanitariya holatini yaxshilash,
ko‘chalar va jamoat joylarini tartibga keltirish,
aholining mazkur jarayonlardagi ishtiroki
kabi muhim yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida hudud aholisi bilan bevosita ishlashga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarga obodonlashtirish va sanitariya qoidalariga rioya etish yuzasidan uyma-uy yurib tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 2