35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirish masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar Devoli Kundalang mahallasidagi muammolarni o‘rgandilar.
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatida ochiqlik va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega
янв.21
Dorixonalar faoliyati va dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Registon mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Geologlar mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan hisobot o‘rganildi
янв.21
Deputat “Dolzarb 40 kunlik” doirasida saylov okrugidagi o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda
янв.21
Hududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindiHududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Chiqindilarni qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Yangiyo‘l saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Mardonovning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan Bobur MFY hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Yangiyo‘l saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Mardonovning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan Bobur MFY hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar deputatning muammolarni qayd etish daftariga belgilangan tartibda qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga yuborish uchun rasmiylashtirildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini o‘rganishga qaratilgan quyidagi savolnoma orqali mahallada yoshlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ehtiyojlar tahlil qilindi.

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNI O‘RGANISH BO‘YICHA SAVOLLAR
Hududingizda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgan?

Yoshlarning bandligini ta’minlash va ishga joylashtirish yo‘nalishida qanday amaliy choralar ko‘rilgan?

Yoshlar uchun ta’lim sifati va imkoniyatlarini oshirish borasida qanday ishlar bajarilgan?

Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qanday tadbirlar tashkil etilgan?

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qanday sharoitlar yaratilgan va qanday loyihalar amalga oshirilgan?

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarni rivojlantirish bo‘yicha qanday ishlar qilingan?

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqiy madaniyatni oshirish yuzasidan qanday ishlar olib borilgan?

Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirilgan?

Yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va tibbiy xizmatlardan foydalanishini yaxshilash borasida qanday ishlar bajarilgan?

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qanday natijalarga erishilgan?


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash