35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bogʻot tumanida xususiylashtirish dasturi ijrosi muhokama qilindi

 Hisobotda tumanda davlat aktivlarini xususiylashtirish, yer uchastkalarini elektron auksion savdolari orqali realizatsiya qilish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ommaviy savdolarni jadallashtirish, davlat aktivlarini sotish hamda PQ-89-sonli qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur masalani xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.