35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sa’diy Sheroziy mahallasidagi bolalar maydonchasini ta’mirlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Farovonlik mahallasida ko‘cha savdosini tartibga solish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
янв.21
Deputat Sartepo mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Bog‘dod ko‘chasida zamonaviy 24/7 ko‘cha loyihasi joyida o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari jamoatchilik nazoratida
янв.21
Qavola mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Deputat tadbirkorlar muammolarini o‘z joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Har bir murojaat e’tiborda
Deputat saylovchilarga axborot berdi

  Yig‘ilishda “mahalla yettiligi” a’zolari va “Begmurod”, “Chorbog‘” mahallalari aholi vakillari ishtirok etdilar. Yig‘ilishning kirish qismida deputat mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, aholi farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonunlar, Prezident Farmon va qarorlari mazmun-mohiyati
to‘g‘risida ma’lumot berdi. Prezidentimiz belgilab bergan “Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim” tamoyili asosida vakillik organi va ijro
hokimiyati hamkorligida olib borilayotgan ishlar haqida ommani xabardor qildi.
 

Shuningdek tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va aholining hayotiy muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni, Kengash qarori asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar, tumandagi “Og‘ir toifadagi mahallalar”, “Yangi
O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar”, “2026-2028-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” bo‘yicha
olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
 

Deputat o‘tgan davr mobaynida aholidan kelib tushgan murojaatlar, muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirgan ishlar, yuborilgan
deputat so‘rovlari va erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdi. Shu bilan birga, kelgusiga mo‘ljallagan rejalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
 

🔰 Mahalladagi ko‘chaboshilar vakillari so‘zga chiqishib, deputat bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlar, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha
ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumotlar berish bilan birga saylovchilar savollariga o‘z munosabatlarini bildirdilar.
 

▶️ Saylovchilar o‘tgan davr mobaynida deputat tashabbusi va deputat so‘rovlarining ijobiy natijalari haqida, hududdagi 4-umumta’lim maktabiga kelib ketish uchun piyodalar yo‘lagi barpo qilingani, maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘lini asfaltlash ishlari hamda mahallalar elektr tarmoqlarini zamonaviylariga almashtirish borasida sa’y-harakatlar boshlanganidan mamnunligini bildirdilar. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1