35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik sohasiga oid qonunlar o‘rganilmoqda
янв.21
Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
8 VA 23-BANDLAR IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Yangi qo‘rg‘on MFYdagi muammo o‘rganildi
янв.21
14-BAND IJROSI: Elektr simyog‘ochlarini yangilash bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Dorixonalardagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
“Huquq va iste’molchi” iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy-ommabop gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Qonunlar ijrosi o‘rganilmoqda

  “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi faoliyatiga oid (doimiy komissiyalar kesimida taqsimlangan 162 ta qonun bo‘yicha) qabul qilingan qonun va ijro hujjatlari yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganishlar ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganish ishlarida doimiy komissiya raisi Z.V. Maxkamova O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari Dilfuzaxon Nishonova, deputatlar Xasan Mamadaliyev, Nasibaxon Imomaliyeva ishtirok etdilar. 

Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida tuman Tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limida onalar va bolalarga yaratilgan sharoitlar, ularga berilayotgan e’tibor hamda zaruriy dori vositalari holati, shuningdek joriy yilning o‘tgan davrida onalar va bolalar o‘limining ortib ketishi sabablari tahlil qilindi. 

O‘ranish jarayonlari hududlardagi OShP va QVPlarda davom ettiriladi.  

 👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi 

   

Slide 1 of 1