35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindiHududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Chiqindilarni qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
янв.21
Qavola mahallasida kiberxavfsizlik va huquqiy targ‘ibot masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat xususiy stomatologiya muassasasi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Oziq-ovqat do‘konlarida narx-navo masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi
янв.21
Qurg‘oncha mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘ja Abdu Darun qabristonida hashar ishlari olib borildi
янв.21
Sa’diy Sheroziy mahallasidagi bolalar maydonchasini ta’mirlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Farovonlik mahallasida ko‘cha savdosini tartibga solish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari va mahalla faollari bilan birgalikda Tirsakobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr ta'minoti tizimining texnik holatini o‘rgandi.

Joyiga chiqqan holda olib borilgan o‘rganishlar natijasida mahalla hududida joylashgan 3621-sonli transformator punktining texnik holati mavjud yuklama va foydalanish talablari darajasiga to‘liq javob bermasligi aniqlandi. Shuningdek, mazkur transformator orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanayotgan xonadonlarda elektr uzilishlari muntazam kuzatilayotgani, bu esa aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarib, fuqarolarning haqli e'tiroz va murojaatlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda elektr ta'minoti tizimining ishonchliligi va barqarorligini oshirish maqsadida deputat tashabbusi bilan tuman elektr tarmoqlari mutaxassislari tomonidan zarur texnik va tashkiliy choralar ko‘rildi.

Jumladan, 3621-sonli transformatorga qo‘shimcha avtomatik uzatma qurilmasi o‘rnatilib, yangi elektr kabeli tortildi. Mazkur amaliy ishlar elektr tarmog‘idagi yuklamani me'yorlashtirish, avariyaviy holatlar va elektr uzilishlari ehtimolini kamaytirish, eng muhimi esa hudud aholisini sifatli, barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan hududlarda mavjud infratuzilmaviy muammolarni aniqlash, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 8