35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sa’diy Sheroziy mahallasidagi bolalar maydonchasini ta’mirlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Farovonlik mahallasida ko‘cha savdosini tartibga solish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
янв.21
Deputat Sartepo mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Bog‘dod ko‘chasida zamonaviy 24/7 ko‘cha loyihasi joyida o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari jamoatchilik nazoratida
янв.21
Qavola mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Deputat tadbirkorlar muammolarini o‘z joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Har bir murojaat e’tiborda
“Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov hamda Andijon shahar hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Isroilova ishtirokida “Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir Andijon shahar hokimligi binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Unda to‘y, ma’raka va boshqa oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz, milliy qadriyatlar va amaldagi tartiblar asosida o‘tkazish, oilalarda tejamkorlik madaniyatini qaror toptirish hamda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1