Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Tojiev Dostonjon tomonidan tadbirkorlar uchun tashkil etilgan “Kiberxavfsizlik” mavzusidagi o‘quv seminarida ishtirok etdi.
🔠Seminar davomida raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish, kiberxurujlarning oldini olish, shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik faoliyatida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.
❗️Mazkur seminar ishtirokchilarning zamonaviy kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatida axborot xavfsizligi madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!