Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F.Seydabdullayeva tomonidan Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida navbatdagi tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📋 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan ta'lim tizimini rivojlantirish, ta'lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, pedagog kadrlar faoliyati hamda sohaga oid davlat dasturlari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, mas'ul xodimlar bilan muloqot davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalarni har tomonlama puxta tayyorlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
📝 O‘rganish yakunida ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sessiya kun tartibiga kiritilgan masala bo‘yicha sifatli va asoslangan axborot tayyorlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.