Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda yagona zamonaviy istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi
янв.21
Deputat amaliy yordami bilan fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan mahallalar va ta’lim muassasalarida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlarining amalga oshirilish jarayoni o‘rganish maqsadida deputatlar joylarda monitoring olib bormoqda.

Deputat S. Nurmamatova tumandagi 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yozgi ta’til davrida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar, to‘garaklar, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning borishi bilan tanishdi.

Tashrif davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar, yaratilgan sharoitlar, tadbirlar samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar yoshlarning ta’til davrini foydali o‘tkazishi, kasb-hunar va ijodiy faoliyatga keng jalb etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5