Deputat M. Pardayev tomonidan G‘uzalkent MFY hududida mablag‘ ajratilgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadonlarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Jumladan, Alikulova Zuxro xonadonida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi.
Ushbu ishlar uchun mas’ul pudrat tashkiloti vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi masalalari muhokama qilindi.
Mutasaddilar tomonidan ta’mirlash ishlari qisqa muddatlarda — 2 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgani ta’kidlandi. Shuningdek, ustalar bilan ham bevosita muloqot qilinib, ish jarayonining texnik talablarga muvofiq olib borilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Deputat tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.