Jarayon davomida oqova suv quvurlarida to‘planib qolgan turli chiqindilar va loyqa qoldiqlar tozalanib, tarmoqning uzluksiz ishlashi ta’minlanmoqda. Bu esa ko‘p qavatli uy-joylar atrofida tozalikni saqlash, noxush hid va oqava bilan bog‘liq muammolarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholining yashash sharoitini yanada qulaylashtirishga xizmat qilmoqda.