Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan o‘zining faoliyati davomida ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha biriktirilgan tashkilotning mas’ullari bilan uchrashuv olib borildi.

Kengashning 6 – 10-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan o‘zining faoliyati davomida ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha biriktirilgan tashkilotning mas’ullari bilan uchrashuv olib borildi.

Deputat Z.V. Yo‘ldashova xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati xodimlari S.Nabiyev hamda S.Meliqo‘ziyevlar bilan birgalikda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida mas’ul xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda quyidagi tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, tuman mahalliy byudjetining ijrosi hamda tumanda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish, shuningdek tumanda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan umumiy mablag‘lar doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha Kengashning tegishli doimiy komissiyasiga bo‘lim xodimlari tomonidan taqdim etilayotgan axborot va ma’lumotlarning haqqoniyligi, to‘liqligi va to‘g‘ri hamda sifatli tarzda taqdim etib borishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

So‘ngra deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan bu borada sohaviy qabul qilinayotgan Qonunlar, Senat Kengashi qarorlari hamda Prezident hujjatlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, o‘zining uslubiy tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 3