Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Baymurzayev” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi S.Imomaliyev tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘maklar, ta’lim, bandlik va kredit masalalari bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔺Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar deputat tomonidan doimiy nazoratda turishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1