Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 28-sessiyasiga kiritilgan masala yuzasidan, tuman deputatlari X.Berdiyarova, S.Kuldashov, K.Karimova, G.Rizayeva, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Suvankulov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Boyovut tuman Kengashi raisi Sh.Bekqulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining ijrosi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tuman Tibbiyot birlashmasida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi, malakali tibbiyot kadrlari bilan ta’minlanganlik holati hamda tibbiy xizmatlarning aholiga qulayligi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, skrining tadbirlarining tashkil etilishi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning barvaqt profilaktikasi, aholining tibbiy ko‘riklar bilan qamrovi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul mutaxassislarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ijrosini nazoratga olish masalalari ishchi guruh tomonidan alohida qayd etildi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar va takliflar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama etish uchun kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 10