Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish obyektlari faoliyati va qonunchilik talablari o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi.
янв.21
Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi, fuqarolar murojaatlari tinglandi.
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mir Said MFYdagi muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Murod Avliyo jome masjidi qurilishida navbatdagi muhim bosqich boshlandi.
янв.21
Botir Zokirov MFYda obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Piyodalar yo‘laklari qurilishi o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri
#24_ta_masala

Piyodalar yo‘laklari qurilishi o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev tomonidan Mundiyon mahallasida barpo etilayotgan piyodalar yo‘laklari qurilishi jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, loyiha talablariga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

✅Shuningdek, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash, aholining kundalik qatnovi uchun zamonaviy va qulay infratuzilma yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅O‘rganish yakunida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda hudud obodonchiligini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur loyiha mahalla aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash va piyodalar uchun xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube