Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish obyektlari faoliyati va qonunchilik talablari o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi.
янв.21
Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi, fuqarolar murojaatlari tinglandi.
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mir Said MFYdagi muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Murod Avliyo jome masjidi qurilishida navbatdagi muhim bosqich boshlandi.
янв.21
Botir Zokirov MFYda obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar

Yashil maydonlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova tomonidan hududdagi yashil maydonlar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududlarda olib borilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ekilgan manzarali va mevali daraxtlar hamda butalarning parvarishlanishi, sug‘orish tizimining holati, yashil hududlarni saqlash va kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yashil maydonlarni yanada kengaytirish, mavjud ko‘chatlarni sifatli parvarishlash, sug‘orish tizimidan oqilona foydalanish hamda hududlarning ekologik va estetik qiyofasini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hudud deputati S. Xamrayev hamda deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlovchi mas’ul mutaxassis Z. Temirova tomonidan nazoratga olinib, tashkiliy jihatdan ta’minlab borilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3