Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📊 24-SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

📍 Sherobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta tayyorlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Sherobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida 2026-yilning 1-choragida tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

📝 O‘rganish davomida:

🔹 aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

🔹 yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘rsatkichlari;

🔹 kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar va ularning natijadorligi;

🔹 sohaga oid hisobot va ma’lumotlarning sessiyaga tayyorlanish holati tahlil qilindi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni sifatli tayyorlash hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda xizmat qiladi.

Slide 1 of 6