Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Axborot-kutubxona markazida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar Axborot-kutubxona markazida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona fondining saqlanish holati, mutolaa zallarining jihozlanishi va ulardan foydalanish samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kutubxona fondini hisobga olish va saqlash tizimi, kitobxonlar formulyarlarini yuritish tartibi, kataloglar bilan ishlash jarayoni hamda kitoblarni qidirish va ulardan foydalanish tizimining amaldagi holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish, fondni asrab-avaylash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda kitobxonlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3