35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sa’diy Sheroziy mahallasidagi bolalar maydonchasini ta’mirlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Farovonlik mahallasida ko‘cha savdosini tartibga solish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
янв.21
Deputat Sartepo mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Bog‘dod ko‘chasida zamonaviy 24/7 ko‘cha loyihasi joyida o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari jamoatchilik nazoratida
янв.21
Qavola mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Deputat tadbirkorlar muammolarini o‘z joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Har bir murojaat e’tiborda
Sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta’minlash – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati hamda uni tumanda targ‘ibot qilish va ijrosini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mazkur qonun sud mustaqilligini yanada mustahkamlash, sud ishlarini ko‘rishga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, sudlarda tartibni ta’minlash hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, shuningdek, uning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1