Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish obyektlari faoliyati va qonunchilik talablari o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi.
янв.21
Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi, fuqarolar murojaatlari tinglandi.
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mir Said MFYdagi muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Murod Avliyo jome masjidi qurilishida navbatdagi muhim bosqich boshlandi.
янв.21
Botir Zokirov MFYda obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Kotib

So‘nggi yillarda mahalla institutining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli yuksalib, mahallalarni qo‘llab-quvvatlash, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oydin” mahallasi “mahalla yettiligi” bilan mahalla faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallada boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar tashkil etilayotgani bo‘yicha suhbatlashildi.

Suhbat jarayonida mahalla vakillari oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal qilish va aholi tinchligi hamda xotirjamligiga xavf tug‘diruvchi holatlarni barvaqt oldini olishgi qaratilgan profilaktik ishlarni amalga oshirish yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlari tinglandi.  

O‘tkazilgan uchrashuvda mahallada uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, ularda biznes ko‘nikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratish orqali o‘z faoliyatini boshlashga ko‘maklashish vazifalari belgilab olingan.

Ushbu uchrashuvda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3